Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi
A A A A A A


+99871 260 63 30
+99894 420 88 48

Sport – sog‘lom oila asosi

Samarqandda “Sog‘lom oila” oilaviy sport musobaqalarining mintaqaviy final bosqichi o‘tkazildi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan olti oilaviy jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarni mustahkamlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu jarayonda oilalarda sportning ommaviyligini oshirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Oilalarda farzandlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib o‘stirishda sportning ahamiyati beqiyos, – deydi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Mahmud Boboyorov. – Bunda ota-onaning shaxsiy ibrati, bolalarining sport bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutadi. Mazkur sport musobaqalari bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan oilalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, sportning ommaviyligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Musobaqada sportchi oilalar yengil atletika, arqon tortish, xalqa aylantirish kabi sport turlari bo‘yicha bellashdi. Barcha shartlarni yuqori darajada bajarib, eng ko‘p ochko jamg‘argan samarqandlik Jo‘rabek Berdiqulov va Mirzohid Nazarov oilalari musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Musobaqa ishtirokchilari bir qator qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham rag‘batlantirildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA

Manba:http://uza.uz/uz/sport/sport-sog-lom-oila-asosi1-25-03-2016
Foydali saytlar
Davlat organlari portali
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
www.minzdrav.uz