Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi
A A A A A A


+99871 260 63 30
+99894 420 88 48

Tinchlik uchun barchamiz mas’ulmiz

Termizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan “Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga har birimiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

“Biz – tinchliksevar siyosat, ozodlik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik tarafdorimiz!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi, huquq-tartibot idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati T.Norboyev, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari O.Soatov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhiti xalqimiz, ayniqsa, navqiron avlod ongu tafakkurida jannatmonand yurtimiz mustaqilligi, xavfsizligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga mas’ullik tuyg‘usini kuchaytirmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida har xil mojaro va nizolar yuz berib turgan bugungi globallashuv davrida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati ustuvor vazifa sifatida belgilab olingani navqiron avlodning terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siriga tushib qolmasligining mustahkam kafolatiga aylandi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida amalga oshirilayotgan turli tadbirlar ham osoyishta hayotimizni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Tadbirda ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Manba: uza.uz
Foydali saytlar
Davlat organlari portali
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
www.press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
www.parliament.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi
www.minzdrav.uz