“Salomatlik poyezdi” Navoiyda
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda chekka tuman va qishloqlarda istiqomat qiluvchi hamda alohida parvarishga muhtoj aholi qatlami, bolalar va yosh onalar malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan navbatdagi “Salomatlik poyezdi” xayriya tadbirlarida Navoiy viloyati aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
– Prezidentimiz rahnamoligida onalik va bolalikni muhofaza qilish, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Salomatlik poyezdi” pediatr shifokori Nabira Zakixodjateva. – “Salomatlik poyezdi” xayriya tadbirlarida qariyb 6 ming aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, davolanishga muhtoj bemorlarga yo‘llanmalar berildi.
Ko‘riklar davomida 2 ming 900 dan ortiq bemorga “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda dori-darmon va tibbiyot anjomlari, sanitariya-gigiyena vositalari, nogironlik aravachalaridan iborat muruvvat yordami ko‘rsatildi. Olis hududlardagi 24 tashkilot va muassasaga tibbiy anjomlar berildi.
– Malakali shifokorlardan zarur maslahatlar oldim, – deydi Navoiy shahridan Gavhar Boboqulova. – Aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e’tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.
Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
Manba: http://uza.uz/ru/society/poezd-zdorovya-v-navoi-29-03-2016
Foydali saytlar

Davlat organlari portaliwww.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatiwww.press-service.uz

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiwww.parliament.gov.uz

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiwww.minzdrav.uz